Bugun 7 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Leypsigda portlovchi moddalar topilgan samolyot o‘q-dorilar bilan to‘ldirilganligi ma’lum bo‘ldi

Leypsigda portlovchi moddalar topilgan samolyot o‘q-dorilar bilan to‘ldirilganligi ma’lum bo‘ldi

5 avgust kechasi Germaniyaning Leypsig-Galle aeroportida portlovchi moslama olib ketayotgan dron topilgan Ukrainaning Antonov yuk samolyotida o‘q-dorilar bo‘lgan.

Bu haqda Germaniyaning WDR, NDR telekanallari hamda Suddeutsche Zeitung gazetasi xabar berdi.

Maxfiy polisiya hisobotiga ko‘ra, bu o‘q-dorilar Leypsigga hodisadan sal oldin Fransiyadan yetkazib berilgan va ehtimol keyingi tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lgan. Dron bilan bog‘liq hodisaga aloqador shaxslarning shaxsi noma’lumligicha qolmoqda. Leypsig aeroporti shuningdek, NATO uchun harbiy tashishlarni amalga oshiradi.

Drezden Bosh prokuraturasi tergovni Saksoniya shtati Jinoyat qidiruv boshqarmasi bilan hamkorlikda olib bormoqda. Ekstremizmga qarshi va terrorizmga qarshi bo‘linmalar ham ishtirok etmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:10. O'qildi: 426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!