Ukraina dronlari Rossiyaning Leningrad viloyatidagi Kirishi neftni qayta ishlash zavodiga (NQIZ) hujum qildi.
Viloyat gubernatori Aleksandr Drozdenkoning ma’lum qilishicha, Kirishi shahridagi sanoat hududiga bir nechta dron kelib tushgan. Hujumdan keyin zavod hududida kuchli yong‘in boshlangan.
Shuningdek, dron parchalari Kirishi shahridagi ko‘p qavatli uylardan biriga tushgan. Xonadonlardan birida yashovchi oila evakuasiya qilingan. Vsevolojsk shahrida ham ko‘p qavatli uy tomiga dron parchalari kelib tushgan.
Gubernatorning aytishicha, tunda viloyat hududida 93 ta Ukraina droni urib tushirilgan. Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.