Le Monde tahliliga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin amaldor Kirill Dmitriyev AQSh ma’muriyatini Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlik urush tugashidan oldin ham boshlanishi kerakligiga ishontirishga urinmoqda.
Dmitriyevning asosiy quroli — biznes kelishuvlari. U AQShga energetika, fuqarolik aviasiyasi, kamyob metallar, sun’iy intellekt va texnologiyalar sohasida yirik loyihalarni taklif qilmoqda.