Rossiya va Ukraina delegasiyalari o‘rtasida muzokaralarning ikkinchi raundi bo‘lib o‘tadi, biroq sanalar hali aniqlanmagan.
Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrov ma’lum qildi.
Ikki davlat delegasiyalarining navbatdagi uchrashuvi Vatikanda bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqidagi ma’lumotga izoh berar ekan, u bu yer muzokaralar uchun yaxshi joy sifatida mos emasligini ta’kidladi.