Latviya Rossiya va Belarusdan import qilinadigan donga 300 foiz boj joriy etishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Latviya bosh vaziri Andris Kulbergs jurnalistlarga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat shuningdek, Ukraina donini noqonuniy tashish bilan bog‘liq sanksiyalarni aniqlash va qo‘llash mexanizmlarini ishlab chiqish niyatida.
Kulbergsning aytishicha, u bu masalani Estoniya bosh vaziri bilan muhokama qilgan va Litva hukumati rahbari bilan ham shunga o‘xshash suhbat o‘tkazishni rejalashtirmoqda.