Latviya Qurolli kuchlari may oyida Rossiya bilan chegara yaqinida ilk harakatlanishga qarshi to‘siqlarni — "ajdarho tishlari" deb ataluvchi qurilmalarni joylashtirishni boshladi. Har bir "tish"ning vazni qariyb bir yarim tonnani tashkil etadi. Harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, texnikalar ularning orasidan shunchaki o‘tib keta olmasligi uchun to‘siqlar orasidagi masofa minimal darajada juda zich qilingan.
2025 yilning oktyabr oyida qabul qilingan harakatlanishga qarshi infratuzilmani yaratish to‘g‘risidagi qonun tufayli harbiylar mudofaa to‘siqlarini joylashtirish uchun xususiy hududlarni musodara qilish, davlat foydasiga majburiy olish huquqiga ega bo‘ldilar.
Rossiya bilan chegara bo‘ylab tashkil etilayotgan mudofaa chizig‘idan maqsad, bu nafaqat dushmanni tiyib turish, balki uni hali chegara hududining o‘zidayoq yo‘q qilishdir.
"Agar haqiqatan ham biror narsa yuz bersa, dushmanni shu yerning o‘zidayoq yo‘q qilish imkoniyati bo‘lishi kerak. Chunki biz Ukraina misolida ko‘rib turibmiz: agar hudud topshirilsa, keyin uni qaytarib olish deyarli imkonsiz bo‘ladi", — deya polkovnik Andris Riyekstsning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Delfi nashri.