Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Lamin Yamal “Real”da o‘ynaydimi?

Lamin Yamal “Real”da o‘ynaydimi?

Kataloniyaning “Barselona” klubi futbolchisi Lamin Yamal Madridning “Real” jamoasi safida hech qachon o‘ynamasligini ma’lum qildi.

Futbolchi Millatlar Ligasi yarim final doirasidagi Fransiyaga qarshi bahs oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

“Real” safida o‘ynash? Yo‘q. Bu mutlaqo mumkin emas", deya qisqa javob berdi 17 yoshli futbolchi.

2024/25 yilgi mavsum Yamal uchun ancha omadli o‘tdi. U barcha musobaqalar doirasidagi 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 25 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Futbolchi yaqinda “Barselona” bilan 2031 yilga qadar amal qiladigan shartnoma imzolashini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning tovon puli 1 milliard yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” ushbu mavsum uchta sovringa ega chiqdi — klub Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi hamda Superkubogini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, kataloniyaliklar 2024/25 yilgi mavsumda “Real Madrid”ga qarshi o‘tkazilgan to‘rtta “El-Klasiko”da ham g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 17:09 05.06.2025. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!