Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

Lamin Yamal JChning qaysi o‘yinigacha to‘liq tiklanishi ma’lum bo‘ldi

Lamin Yamal JChning qaysi o‘yinigacha to‘liq tiklanishi ma’lum bo‘ldi

«Barselona» sport direktori Deku jamoa fizioterapevtlari Raul Martines va Fernando Galan bilan uchrashuv o‘tkazib, hujumchi Lamin Yamalning tiklanish rejasini muhokama qildi. U 22 aprel kuni «Selta»ga qarshi (1:0) o‘yinda son orqa mushaklaridan jarohat olgan edi.

Manbaga ko‘ra, ushbu uchrashuv natijasida Galan Yamalning ham «Barselona», ham Ispaniya terma jamoasidagi reabilitasiyasi uchun javobgar bo‘lishi belgilandi. Jahon chempionati davomida mutaxassis har kuni Kataloniya klubiga futbolchining holati haqida hisobot yuborib boradi.

Qayd etilishicha, Yamal 6–7 hafta maydondan chetda qoladi. Shu bois, 18 yoshli vingerning jahon chempionati guruh bosqichi 1-turida Kabo-Verdega qarshi (15 iyun) o‘yinda ishtirok etishi deyarli istisno qilinmoqda. Uning 21 iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinga qaytishi ehtimoli bor.

Shu bilan birga, Yamal 26 iyun kuni Urugvayga qarshi uchrashuvga to‘liq tayyor holatda yetib kelishiga ishonch bildirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:26. O'qildi: 283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!