Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Lamin Yamal - dunyoning eng qimmat futbolchisi (Transfermarkt)

Lamin Yamal - dunyoning eng qimmat futbolchisi (Transfermarkt)

Nufuzli "Transfermarkt" portali mutaxassislari ijtimoiy tarmoqlarda dunyodagi eng qimmat futbolchilar reytingini e’lon qildi. Bu ekspertlar o‘yinchilarning narxlarini yangilaganidan keyin sodir bo‘ldi.

Dunyoning eng qimmat futbolchisi maqomini Lamin Yamal saqlab qoldi. "Barselona"ning 18 yoshli vingeri 200 million yevroga baholanmoqda.

Ikkinchi o‘rinni birdaniga uch nafar futbolchi - Jud Bellingem, Erling Xoland va Kilian Mbappe bo‘lishib turibdi. Ularning narxi 180 million yevroni tashkil etadi.

Keyingi o‘rinlarda Vinisius Junior (150 million yevro), Jamal Musiala (140), Pedri (140), Bukayo Saka (140), Aleksandr Isak (140) va Florian Virs (130) bormoqda.

Kiritildi: 22:57 20.10.2025. O'qildi: 1207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!