Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

La Liga. "Real" safarda juda qiyin g‘alabaga erishda va turnir jadvalida peshqadamlikni qaytarib oldi (VIDEO)

La Liga. "Real" safarda juda qiyin g‘alabaga erishda va turnir jadvalida peshqadamlikni qaytarib oldi (VIDEO)

"Real" Ispaniya La Ligasining 9-turida "Xetafe" mehmoni bo‘ldi - 1:0.

Yagona gol Kilian Mbappe hisobiga yozildi. Fransuz 80-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Mbappe barcha musobaqalarda ketma-ket 11-o‘yinda gol urdi.

77-daqiqada mezbonlar Allan Nyomning chetlatilishidan keyin bir kishi kam bo‘lib qoldi. U zaxiradan maydonga tushganidan bir daqiqa o‘tib qizil kartochka oldi. 84-daqiqada "Xetafe"ning yana bir futbolchisi chetlatildi - ikkinchi sariq kartochkani Aleks Sankris oldi.

"Real" (24 ochko) La Ligada "Barselona"ni (22) ortda qoldirib, 1-o‘ringa chiqib oldi. "Xetafe" (11) turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda.

La Liga, 9-tur
19 oktyabr, yakshanba, 23:59
Xetafe - Real - 0:1
Gollar: Mbappe, 80 (0:1)
Xetafe: Soriya, Riko, Dakonam, Duarte, Iglesias, Sankris, Arambarri, Milya, Martin (Kamara, 87), Kiko Femeniya (Nyom, 76), Liso (da Kosta, 90)
Real: Kurtua, Karreras, Alaba (Raul Asensio, 46), Eder Militau, Valverde, Kamavinga (Arda Gyuler, 65), Tchuameni, Rodrigu (Dias, 86), Bellingem (Garsiya, 86), Mastantuono (Vinisius Junior, 55), Mbappe
Ogohlantirishlar: Duarte, 48. Kiko Femeniya, 63. Sankris, 74 - Tchuameni, 90
Chetlatishlar: Nyom, 77. Sankris, 84 (ikkinchi sariq kartochka)

Kiritildi: 08:59 20.10.2025. O'qildi: 801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!