Bugun, 3 may kuni Ispaniya La Ligasi 34-turidan o‘rin olgan «Espanyol» — «Real» Madrid uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Barselona shahridagi «Kornelya-El Prat» stadionida o‘tkaziladi.
Ispaniya — La Liga, 34-tur
3 may 2026 yil, yakshanba. 23:59
"ESPANYOL" - "REAL MADRID"
«Espanyol»: Dmitrovich, El-Xilali, Kalero, Kabrera, Romero, Urko Gonsales, Esposito, Terrats, Ruben Sanches Saes, Dolan, Roberto Fernandes Xaen.
«Real Madrid»: Lunin, Trent, Ryudiger, Xyoysen, Mendi, Valverde, Bellingem, Tchuameni, Tyago Pitarch, Braim Dias, Vinisius Junior.
33 turdan so‘ng «Espanyol» 39 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi. «Real» Madrid esa 74 ochko bilan ikkinchi pog‘onada joylashgan. Turnir jadvalida «Barselona» 88 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.
Oxirgi turda «Espanyol» «Levante» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, «Real» «Betis» bilan 1:1 hisobida murosa ko‘chasini tanlagan.