Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

La Liga. "Barselona" safarda "Valensiya"ni tor-mor etdi

La Liga. "Barselona" safarda "Valensiya"ni tor-mor etdi

Ispaniya La Ligasining 4-turida "Valensiya" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qildi. "Mestalya" stadionida o‘tgan uchrashuv mehmonlarning 5:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bahsni bosh hakam Isidro Dias de Mera Eskuderos boshqardi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Lamin Yamal hisobni ochdi. 22-daqiqada Fermin Lopes "Barselona"ning ustunligini ikki to‘pga yetkazdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida, 50-daqiqada Rafinya uchinchi golni urdi. 79-daqiqada Pedri hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi.

84-daqiqada Lamin Yamal ikkinchi golini urib, dubl qayd etdi va uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi — 5:0.

Shu tariqa, "Barselona" La Ligadagi dastlabki 4 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 12 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘ldi. Kataloniyaliklar "Betis" va Madridning "Real" klubini 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.

"Valensiya" esa 4 turdan keyin 1 ochko bilan so‘nggi, 20-o‘rinni egallab turibdi.

Navbatdagi turda "Barselona" 13 sentyabr kuni safarda "Levante"ga qarshi o‘ynaydi. "Valensiya" esa 11 sentyabr kuni "Sevilya" bilan bahs olib boradi.

Kiritildi: 22:55 06.09.2026. O'qildi: 183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!