Bugun 12 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

"Chelsi" "Barsa" futbolchisi transferi uchun rekord darajada mablag‘ ajratishi mumkin

"Chelsi" "Barsa" futbolchisi transferi uchun rekord darajada mablag‘ ajratishi mumkin

"Barselona"ning hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopes hamon "Chelsi" qiziqishlari doirasida qolmoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, London klubi Lopes uchun 120 million yevrodan ortiq mablag‘ taklif qilishga tayyor.

"Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso 23 yoshli ispaniyalik futbolchini klubning asosiy transfer maqsadi sifatida ko‘rmoqda. Jamoa rahbariyati esa mutaxassisning talabini bajarishga tayyor.

"Barselona" Ferminni yo‘qotishni istamaydi, ammo 120 million yevrodan yuqori taklif kataloniyaliklarni muzokaraga kirishishga majbur qilishi mumkin.

Joriy mavsumda Fermin Lopes barcha musobaqalar hisobida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:20 11.09.2026. O'qildi: 984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!