Shimoliy Koreyaning (KXDR) “Naegohyang” ayollar futbol jamoasi ayollar o‘rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi yarim finalida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaga bordi.
Bu KXDR sportchilarining so‘nggi sakkiz yil ichidagi Janubiy Koreyaga ilk tashrifi bo‘ldi. Tashrif ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytda amalga oshmoqda.
Delegasiya tarkibida 39 kishi — 27 nafar futbolchi va 12 nafar jamoa xodimi borligi aytilmoqda.