Bu haqda KXDR Mehnat partiyasi Markaziy Qo‘mitasi bo‘limi rahbar o‘rinbosari Kim Yo Chjon ma’lum qildi.
Bundan tashqari, Kim Chen Inning singlisi Shimoliy Koreya hech qachon chegaradagi targ‘ibot radiokarnaylarini olib tashlamasligi, shuningdek, Janubiy Koreyaning tinchlik tashabbuslari xomxayol ekanini bildirdi.
"Ishonchim komilki, Seulning KXDRga nisbatan siyosati o‘zgarishsiz qoladi. Janubiy Koreya va AQSh tomonidan har yili o‘tkaziladigan qo‘shma harbiy mashqlar rejasiga kiritilgan o‘zgartirishlar ularning dushmanlik niyati o‘zgarmasligini namoyon etmoqda", — deya ta’kidladi Kim Yo Chjon.