Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Kusherboyev: "Jizzaxga chora ko‘rilyapti, Andijon, Xorazm va Navoiy bo‘yicha esa jimlik"

Kusherboyev: "Jizzaxga chora ko‘rilyapti, Andijon, Xorazm va Navoiy bo‘yicha esa jimlik"

Avvalroq Jizzaxda davlat xaridlarini amalga oshirishda aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergandik.

Deputat Rasul Kusherboyev shu holat bo‘yicha fikr bildirdi.

"Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari va uning qarindoshlariga tegishli kompaniyalar mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilibdi. 

Yaqinda Jizzaxda bir bino qulab tushgandi. 

Davlat rahbari mazkur vaziyatni tanqid qilib, Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari va atrofidagi to‘dalarini javobgarlikka tortish zarurligini bildirgandi. 

Jizzax viloyati kabi Xorazm, Andijon va Navoiy viloyatlarining  qurilishga mas’ul amaldorlari ham  yo‘l qo‘yayotgan korrupsion ishlarni  jamoatchilik bir muddatdan buyon muhokama qilib kelmoqda. Ma’lumotlar ochiq berilgan. Biroq hozircha jimlik. 

Katta ehtimol bilan davlat rahbari bu hududlarni ham tanqid qilganidan so‘ng "uyg‘onilib" jinoyat ishlari qo‘zg‘atilsa kerak.  

Albatta biz har qanday vaziyatda ham  organlarimizdan qonunlarga asosan o‘z vazifalarini vijdonan, halol va xolis bajarishlarini kutib qolamiz", deb yozdi u telegramdagi sahifasida.

Kiritildi: 12:24 22.01.2021. O'qildi: 5372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!