Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Kuchli ta’sir qiluvchi vositalarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Kuchli ta’sir qiluvchi vositalarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro O.E. fuqaro M.X.ga 2 turdagi jami 60 dona inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini o‘tkazgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.A. tumandagi “O‘rikzor” savdo majmuasi avtoturargohiga tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 3 turdagi 17 quti kukunlarni o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 19:05 11.02.2025. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!