Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.G. 45 gramm “Mefedron” giyohvandlik moddasini fuqaro M.X.ga 5 800 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro N.X. (muqaddam sudlangan) 105 dona kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan “Nervismart-450” nomli dori vositasini fuqaro SH.A.ga 500 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlanib, uning xonadonidan yana 29 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:00. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!