Kubada elektr energiyasidagi uzilishlar va yonilg‘i yetishmovchiligi sababli ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi, deb xabar beradi Readovka Telegram-kanali. Moron shahrida namoyishchilar Kompartiya binosidan olib chiqilgan mebellarni yoqib yuborishdi.
Amerikalik kongressmen Karlos Ximenes kubaliklarning diktaturadan noroziligini ta’kidlab, namoyishchilarni qo‘llab-quvvatladi. Bundan avval aksiyalar Gavana va mamlakatning boshqa hududlarida bo‘lib o‘tgan edi.
Talabalar ham chiroq va internetsiz o‘qish imkoni yo‘qligi sababli noroziliklarga qo‘shildilar. Kuba Prezidenti inqirozni bartaraf etish bo‘yicha AQSh bilan muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi.