Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Kubarsi YECHL antirekordini o‘rnatdi

Kubarsi YECHL antirekordini o‘rnatdi

Pau Kubarsi Chempionlar Ligasi pley-offida antirekord o‘rnatdi.

"Barselona" Chempionlar Ligasi 1/8 final dastlabki bahsida "Benfika" mehmoni bo‘lmoqda (0:0, tanaffus).

Uchrashuvning 22-daqiqasida hakam Feliks Svayer darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqishga harakat qilayotgan Evangelos Pavlidisni to‘xtatishga uringan va podkat vaqtida hujumchini yiqitgan 18 yoshli himoyachi Pau Kubarsini maydondan chetlatdi.

Kubarsi 18 yosh-u 42 kunligida turnir pley-off bosqichida maydondan chetlatilgan tarixdagi eng yosh futbolchiga aylandi.

Guruh bosqichini hisobga olgan holda rekord Selestin Babayaroga ("Anderlext") tegishli - u 1994 yilda 16 yoshu 86 kunligida maydondan chetlatilgan.

Kiritildi: 04:22 06.03.2025. O'qildi: 1802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!