Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

KSIR qator davlatlar aholisini AQSh harbiy ob’ektlaridan uzoq yurishga chaqirdi

KSIR qator davlatlar aholisini AQSh harbiy ob’ektlaridan uzoq yurishga chaqirdi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (KSIR) Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Quvayt, Qatar, Iordaniya, Saudiya Arabistoni va Suriya fuqarolariga AQSh harbiy bazalari va boshqa harbiy ob’ektlaridan uzoqroq yurish bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.

Bayonotda aholidan AQSh harbiylari joylashgan hududlarga yaqinlashmaslik, xususan, bunday ob’ektlardan kamida 500 metr masofada bo‘lish tavsiya etilgan.

Shuningdek, xavfsizlik nuqtai nazaridan Amerika kompaniyalari, banklari, mehmonxonalari hamda Tramp oilasiga tegishli ko‘chmas mulk ob’ektlaridan ham ehtiyot bo‘lish tavsiya qilingan.

KSIR mazkur chaqiriqni mintaqadagi harbiy keskinlik va xavfsizlikka oid tahdidlar bilan izohlagan. Rasmiy bayonotda bu tavsiyalar ehtimoliy xavflarning oldini olish maqsadida berilgani qayd etilgan.

Kiritildi: 19:07 24.07.2026. O'qildi: 512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!