Hozirda Saudiyaning "An-Nasr'' klubi sharafini himoya qilayotgan portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu "Real Madrid"ni 123 yillik yubileyi bilan tabrikladi.
"Real Madrid" o‘zining 123 yilligini nishonlamoqda. Barcha madridista oilasini tabriklayman. Hala Madrid! ", - deb yozgan 40 yoshli portugaliyalik forvard o‘z «Instagram» sahifasida.