Rossiya AQSh bilan keng ko‘lamli kelishuv tuzishga intilmoqda. Bu kelishuv Moskvaning postsovet hududidagi, jumladan Ukrainadagi ta’sir doiralarini tan olish hamda Yevropadagi mavqeini mustahkamlashni o‘z ichiga olishi mumkin.
Bu haqda The Moscow Times nashri rossiyalik amaldorlar va diplomatlar orasidagi manbalarga asoslanib xabar berdi.
Donald Tramp ma’muriyatini qiziqtirish uchun Kreml uning shaxsiy e’tiborini torta oladigan tashabbuslarni izlamoqda. Ehtimoliy takliflar qatorida Moskva-Sitida Trump Tower qurilishi, iqtisodiy hamkorlik, shu jumladan nodir yer metallariga kirish imkoniyati, shuningdek Shimoliy Koreya va Eron bilan muloqotda vositachilik qilish mavjud.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu takliflarni tayyorlashga Rossiyaning yirik kompaniyalari - "Rosatom", "Rosneft", "Polyus", "Rusal" va boshqalar jalb etilgan. Ishni prezident ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Maksim Oreshkin va maxsus vakil Kirill Dmitriyev muvofiqlashtirmoqda.