Kreml KXDR qo‘shinlarining Ukraina bilan urushda ishtirok etganini rasman ma’lum qildi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova aytishicha, KXDR harbiy xizmatchilari "Keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomaning to‘rtinchi moddasiga binoan" "Kursk viloyatini ozod etish operasiyasi"da qatnashgan
Vladimir Putinning 2024 yil 19 iyunda Pxenyanga tashrifi paytida imzolangan hujjatda 23 ta modda mavjud bo‘lib, ular "sanoat, iqtisodiyot va fan kabi turli strategik sohalarda hamkorlikni kengaytirishni, shuningdek, mamlakatlardan biri urush holatiga tushib qolgan taqdirda barcha mavjud vositalar bilan harbiy yordam ko‘rsatish"ni nazarda tutadi.