1️⃣AT “Xalq banki” Romitan standart bank xizmatlari markazining sho‘’ba mudiri xizmat mavqeidan foydalangan holda o‘zganing ishonchiga kirib, unga boshqa tijorat bankida ishlovchi tanishlari orqali 800 mln so‘m miqdorida kredit mablag‘i olib berish evaziga 2 ming AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, sho‘’ba mudiri so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 1000 AQSh dollarini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,192 prim 9-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
2️⃣Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa, tadbirkorlik sub’ektlariga mikroqarzlar berish bilan shug‘ullanuvchi MCHJning Guliston shahar filiali menejeri o‘zining hokimiyat tizimidagi mansabdor tanishlari orqali, Oqoltin tumanida yashovchi fuqaroga imtiyozli ravishda uy-joy olishi uchun subsidiya mablag‘i ajratilishida yordam berish evaziga 8 ming AQSh dollari talab qilib, 96 mln so‘m olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.