Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Kredit qarzi qaytarilmagani sabab yana bir CAPTIVA xatlandi

A A A
Kredit qarzi qaytarilmagani sabab yana bir CAPTIVA xatlandi

Hozirgi kunda kredit mablag‘larini nafaqat banklar, balki mikromoliya tashkilotlari orqali ham olish mumkin. Kredit olayotgan shaxs o‘ziga qulay bo‘lgan shartlarga rozilik bildirgan holda shartnoma majburiyatlarini zimmasiga oladi.

Kredit shartnomasiga asosan qarzdorlik o‘z muddatida to‘lanmasa, shartnoma muddatidan oldin bekor qilinib, undiruv garov mulkiga qaratilishi mumkin.

Majburiy ijro byurosi Ulug‘nor tuman bo‘limi ish yurituviga ham aynan shu mazmundagi sudning ijro hujjati kelib tushgan bo‘lib, unda “FORTUNA BIZNES” mikrokredit tashkiloti foydasiga qarzdor F.A.dan jami 110 mln. so‘m undirish hamda undiruv fuqaro B.S.ga tegishli “CAPTIVA” rusumli avtotransport vositasiga qaratilishi ko‘rsatilgan.

Qarzdorlik qoplanmagani sabab, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlari olib borilib, “CAPTIVA” xatlab qo‘yildi.

Kelgusida qarzdorlikning qoplanmasligi avtomashinaning sotuvga chiqarilishiga sabab bo‘ladi.

Kiritildi: 21:22 10.09.2025. O'qildi: 1180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!