Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Call-markazida joriy yilning 24 dekabr sanasiga qadar texnik tadbirlar amalga oshiriladi.
Bu haqda Agentlik axborot xizmati ma’lum qildi.
Texnik tadbirlar munosabati bilan korrupsiya holatlari haqida xabar berish uchun mo‘ljallangan 1253 qisqa raqamining xizmati vaqtinchalik cheklanadi.
Ayni davrda korrupsiya holatlari to‘g‘risida xabar berish, shikoyat qilish yoki huquqiy maslahat olish uchun Agentlikning (71) 202-04-02 telefon raqami hamda ichki raqamlar — 446 va 435 orqali operatorlar bilan bog‘lanish mumkin.
Ma’lum qilinishicha, mutaxassislar tomonidan qabul qilingan har bir murojaat amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Agentlik keltirilgan noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘radi.