Rossiya harbiylari Ukrainaning Sumi viloyatining Grabovskoye qishlog‘idan aholi vakillarini olib ketdi.
Bu haqda Ukrainaning Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) Lubines ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari chegarani kesib o‘tgandan so‘ng, 50 ga yaqin mahalliy aholini ushlab, Rossiya hududiga olib ketishgan.
Avvalroq ommaviy axborot vositalari Rossiya qo‘shinlarining Grabovskoye hududida chegara orqali hujum boshlagani va ushbu qishloqni egallab olgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Ukraina Qurolli kuchlari chegaraning shu qismi yorib o‘tilgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.