Bu haqda Le Monde nashri mamlakat prezidenti ma’muriyati bayonotiga tayanib xabar bermoqda.
"Fransiya prezidenti ma’muriyati Rossiya prezidenti Vladimir Putinning hamkasbi Emmanuel Makron bilan muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish haqidagi taklifini olqishlashga loyiq deb topdi va buni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida yaqin kunlarda ma’lum qiladi", deyiladi Yelisey saroyi bayonotida.
Shu bilan birga, Fransiya prezidenti ma’muriyati Moskva bilan har qanday muzokaralar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va yevropaliklar bilan to‘liq shaffoflik asosida o‘tkazilishini hamda buning maqsadi ukrainaliklar uchun mustahkam va uzoq muddatli tinchlik’ka erishish ekanini bildirdi.