Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Fabio Kannavaro “JCH-2026” oldidan barcha muammolarni ochib berdi

Fabio Kannavaro “JCH-2026” oldidan barcha muammolarni ochib berdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro mamlakat nashrlari jurnalistlariga bergan intervyusida Italiya futbolining asosiy muammolari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Unga ko‘ra, A Seriyada italiyaliklar, ayniqsa yosh mahalliy futbolchilarning yetishmasligi, shuningdek, taktikaga ortiqcha e’tibor qaratilayotgani tufayli texnikaga putur yetayotgani kuzatilmoqda.

- Zamonaviy Italiya futbolidagi asosiy muammo shundaki, italiyalik futbolchilardan juda kam foydalanilmoqda. Maydondagi yoshlar esa undan ham kam. Bu bevosita milliy terma jamoaga va tarkibni shakllantirishga majbur bo‘layotgan murabbiylarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladi.

Men A Seriya o‘yinlarini hozir yanada diqqat bilan kuzatyapman, hatto avvalgidan ham ko‘proq, chunki bu ko‘p narsalarni tushunishga yordam beradi.

Hozir Italiyada murakkab taktika qo‘llanilmoqda, ya’ni butun maydon bo‘ylab personal qo‘riylash, va go‘yo hamma Gasperinining shogirdlariga aylanganday taassurot paydo bo‘lyapti.

Men uni juda hurmat qilaman va undan ko‘p narsalarni o‘rganaman. Ammo biz taktikaga haddan tashqari berilib ketdik va texnikaga yetarlicha e’tibor qaratmayapmiz.

2006 yilgi jahon chempionligigacha bo‘lgan 20 yil davomida bizda shunday futbolchilar bor ediki, ular termaga chaqirilganda: “Vau”, deb aytsa bo‘lardi. 20 yil o‘tib esa, hozirgi jamoa vakillar: “O, mama miya”, deyishga majbur qiladi.

Yosh futbolchilar qurilayotgan uylarga o‘xshaydi: poydevor texnikaga asoslanishi kerak, taktikaga emas. 20 yoshgacha bo‘lgan davrda murabbiylar menga shunchaki raqibni hamma joyda kuzatib borishni aytgan. Aynan Gasperini qo‘llayotgani kabi usullar esa, ko‘pproq yosh futbolchilarning shakllanishiga yordam beradi, - dedi Kannavaro Tuttosport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Fabio Kannavaro Italiya terma jamoasi safida 2006 yilda jahon chempioni bo‘lgan.

Joriy yilning oktyabr oyida u O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi va futbolchilarimizni 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorlamoqda.

AQSH, Kanada va Meksikada bo‘ladigan mundialda futbolchilarimiz Portugaliya va Kolumbiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. “K” guruhining to‘rtinchi vakili Yangi Kaledoniya, Kongo Demokratik Respublikasi va Yamayka ishtirokidagi pley-offda aniqlanadi.

Kiritildi: Bugun 09:46. O'qildi: 1742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!