Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Yana 18 nafar: Toshkentda 4 yashar bola koronavirusni yengdi

A A A
Yana 18 nafar: Toshkentda 4 yashar bola koronavirusni yengdi

Poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlardan 1 nafari (4 yoshli bola) Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Yana 1 nafari (40 yoshli erkak) Buxoro viloyatidan bo‘lib, Rossiyadan charter reysda kelgan.

Xorazm viloyatida sog‘ayganlarning 15 nafari joriy yil 22 mart kuni Rossiyadan charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Qolgan 1 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Ulardan 15 nafari erkak, 1 nafari ayol. Bemorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatidan 3 nafardan, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Namangan, Buxoro, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng kattasi 54 yoshda, eng kichigi 22 yoshda.

 

Kiritildi: 15:45 25.04.2020. O'qildi: 2919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik