Kecha Bosh vazir Abdulla Aripov Xitoyda tarqalayotgan koronavirus O‘zbekistonga kirib kelishining oldini olish masalasida yig‘ilish o‘tkazgan.
Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev:
— Bitta narsani bilishimiz kerak: koronavirus — havo tomchi yo‘li bilan yuqadigan infeksiya. Aksirganda, yo‘talganda bir-biriga o‘tuvchi, odamdan odamga o‘tishi mumkin bo‘lgan infeksiya. Gripp bilan taqqoslasak, grippga o‘xshagan havo tomchi infeksiyasi. Alohida ta’kidlashim kerak, grippda o‘lim holatlari 2-4 foizni tashkil qiladi. Bu yerda ham [koronavirusda] o‘lim holatlari umumiy kasallanganlarga nisbatan 2-4 foizni tashkil qiladi.
— Bu infeksiya bilan kurashishimiz mumkin. Birinchi navbatda gigiyena talablari, qoidalarini bilishimiz va rioya etishimiz kerak. Bu degani, shamollagan odam niqob taqishi yoki uni alohidalash kerak. Tegishli dorilarni berib, simtomatik davolanadi. Bu davolanadigan kasallik.