Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar G.YU. va A.R. o‘zaro til biriktirib, Migrasiya agentligida yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro N.D.ni Koreya davlatiga ishga yuborishlarini va’da qilib, 2 400 AQSh dollari va 1,2 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.