Kontraktni to‘lamagan talabani yakuniy yoki oraliq imtihonlarga kiritmaslik qonuniy asosga ega emas. Agar talaba umuman kontrakt to‘lamasa, uni talabalar safidan chetlatish mumkin, xolos.
Kontrakt to‘lash muddatlari:
➖ Abituriyentlar uchun kontraktning 25 foizini – 15 sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)
➖ ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun – 1 oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
➖ To‘lov miqdorining kamida 50 foizi – 1 yanvargacha;
➖ Kontraktning 75 foizi – 1 martgacha;
➖ Kontraktning 100 foizi – 1 maygacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);
➖ yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.
Xorijiy fuqarolar: OTM belgilagan muddatlar bo‘yicha.