Kongratbay Avezimbetovich Sharipov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. Bunga qadar u Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri lavozimida ishlagan.
Sharipov avval ham — 2019 yil noyabridan 2024 yil fevraligacha mazkur universitetga rahbarlik qilgan.
2024 yil 2 fevralda esa Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri etib tayinlangan edi.