Reuters agentligining xabar berishicha, Kongo Demokratik Respublikasida (DR Kongo) Ebola isitmasidan 7000 dan ortiq odam vafot etgan.
"Kongo Demokratik Respublikasida tasdiqlangan Ebola holatlari soni 7022 taga yetdi", deb xabar berdi agentlik.
Bugungi kunga qadar Ebolaning Bundibugio shtammini davolash uchun hech qanday potensial profilaktika usullari lisenziyalanmagan. Biroq, laboratoriya ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, yangi Ervebo vaksinasi ma’lum darajada himoya qilishi mumkin.
Avvalroq, 26 avgust kuni The Washington Post gazetasi Kongo Demokratik Respublikasida Ebola epidemiyasi tarixdagi eng yirik epidemiyaga aylanishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.