Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Kolumbiyada 18 yoshli futbolchi o‘yin vaqtida hushini yo‘qotib, vafot etdi

Kolumbiyada 18 yoshli futbolchi o‘yin vaqtida hushini yo‘qotib, vafot etdi

Kolumbiyaning “Milyonarios” futbol klubi yoshlar jamoasi yarim himoyachisi Santyago Kastrilyon 18 yoshida vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

21 mart kuni Kastrilyon milliy yoshlar turniri doirasidagi o‘yin vaqtida hushini yo‘qotgan.

“Unga jamoa shifokorlari tomonidan zudlik bilan yordam ko‘rsatildi va tez yordam mashinasida shifoxonaga yetkazildi. U yerda kardiologlar intensiv terapiya bo‘limida uni davolashdi. Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, Santyago o‘ziga kelmadi va yakshanba kuni oilasi, jamoadoshlari hamda do‘stlari oldida vafot etdi. Santyago shunchaki futbol o‘ynamasdi, u futbol bilan yashar va uni his qilar edi. U bu quvonchni tabassum bilan baham ko‘rardi, endilikda u qalbimizda mangu muhrlanib qoladi. Oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz”, - deyiladi klub bayonotida.

Kastrilyon “Milyonarios”ning asosiy jamoasida maydonga tushmagan bo‘lsa-da, bir necha bor o‘yin qaydnomasiga kiritilgan.

Kiritildi: Bugun 13:06. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!