FIFA 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi yangi jahon chempionati uchun sovrinlar jamg‘armasini e’lon qildi.
Turnirda 32 ishtirokchi klub uchun jami 1 milliard dollar mukofot puli ajratiladi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining bu yilgi g‘olibi 125 million dollargacha daromad ishlab olishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jami mablag‘dan sport yutuqlari uchun ulush 475, musobaqadagi ishtirok uchun esa 525 million dollarni tashkil etadi. UYEFA ishtirokchilari eng ko‘p pul ishlab oladi. Bunda mukofot miqdori klubning reytingi va umumiy daromadiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘hna qit’a vakillari eng kamida 12,81 million dollardan 38,19 million dollargacha bo‘lgan miqdorda rag‘batlantiriladi. Janubiy Amerika jamoalari esa bu borada biroz kamroq ulushga ega (15,21– 9,55).
Ushbu turnirdan tushgan barcha daromadlar bevosita klub futboliga yo‘naltiriladi. Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 14 iyundan 13 iyulgacha AQShda bo‘lib o‘tadi.
FIFA ushbu turnirdan tushgan pullarni o‘zida saqlab qolmaydi va tashkilotga a’zo 211 ta assosiasiya bo‘ylab futbolga uzoq muddatli sarmoya kiritadi.