Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Klopp uchun "Real"ga yo‘l ochilmoqda

Klopp uchun "Real"ga yo‘l ochilmoqda

Yurgen Klopp kelayotgan yozda murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkin. AS nashri Salzburger Nachrichten gazetasiga tayanib xabar berishicha, Klopp yaqin kelajakda "Red Bull" futbol tizimidagi lavozimini tark etishi kutilmoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Kloppning ushbu lavozimdagi natijalari ichki kutilmalarni oqlamagan. Bu esa germaniyalik mutaxassisning muddatidan oldin ketishiga yo‘l ochadi. Yurgen 2025 yilning boshidan beri "Red Bull"da faoliyat yuritmoqda.

Shuni aytish kerakki, so‘nggi oylarda matbuot Yurgen Kloppni "Real" bilan bog‘lamoqda. Madrid klubi yozda bosh murabbiyni almashtirishga qaror qilishi mumkin. Yanvar oyi o‘rtalaridan beri jamoa bilan Alvaro Arbeloa ishlab kelmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2015–2024 yillarda Yurgen Klopp Angliyaning "Liverpul" jamoasini boshqargan.

Kiritildi: Bugun 19:24. O'qildi: 234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!