Germaniyalik taniqli mutaxassis Yurgen Klopp faoliyatini qayerda davom ettirishi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda Diario nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, tajribali murabbiy kelasi mavsumda Madridning «Real» klubini boshqarish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti. Kloppning asosiy maqsadi — kelajakda Germaniya terma jamoasi boshqaruviga kelish.
Qayd etilishicha, Yurgen Klopp hozircha shoshilayotgani yo‘q. U terma jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmanning ishiga katta hurmat bilan qaraydi va vaziyatning tabiiy rivojlanishini kutmoqda. Nemis mutaxassisi ma’lum muddat dam olganidan so‘ng, aynan «Bundestim»da ish boshlashni afzal ko‘rmoqda.