Bugun 27 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Klara Jalilova haqida siz bilmagan haqiqatlar

Klara Jalilova haqida siz bilmagan haqiqatlar

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilovaga havas qilib “Do‘ppi tikdim ipaklari tillodan” deya kuylamagan o‘zbek qizi bo‘lmasa kerak. Asli faoliyatini qo‘shiqchilikdan boshlagan aktrisani 1955 yilda mashhur opera qo‘shiqchisi Halima Nosirova katta sahnaga olib chiqqan. Uning qo‘shiq va raqslaridan ilhomlangan shoir Turob To‘la “Maftun bo‘ldim” she’rini yozib, bir tadbirda aktrisaning qo‘liga tutgan.

1958 yili “Maftuningman” filmidagi bosh rol uchun rejissyor Yo‘ldosh A’zamov bo‘yi baland qizni ko‘zlagani bois dastlab Klara Jalilovaning faqat ovozini yozib olmoqchi bo‘lgan. Ammo filmdagi qo‘shiqlarning kuyini bastalagan Mutal Burhonov va shoir Turob To‘la rejissyorni shu nomzodda to‘xtashga ko‘ndirishgan.

Buni qarangki, aktrisa qaddi-qomati ekranda chiroyli ko‘rinishi uchun maxsus kiyimlar tiktirilgan, oyoqlari ostiga esa qalingina taxtachalar qo‘yilgan ekan. Issiq kunlarda qalin kiyimlarda qiynalsa ham obraz rejissyor istaganidek chiqishi uchun Klara Jalilova barcha mashaqqatga chidagan.

Shunday qilib, “Maftuningman” filmi teleekranlarda yetti oy to‘xtovsiz namoyish etilgan.

Hayotda ham ko‘pchilik tomoshabinlarni o‘ziga maftun qilgan, san’atga chanqoq bu aktrisani “Ikkinchi Tamaraxonim” deb atashgan. Aktrisa o‘z obrazlari orqali yana uzoq yillar tomoshabinlarni o‘ziga maftun etsa ajabmas!

Manba: fikrat.uz

Kiritildi: 22:12 20.11.2020. O'qildi: 14801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!