23 iyun kuni O‘zbekiston — Portugaliya o‘yini “Bunyodkor” stadioniga o‘rnatilgan katta ekranda namoyish etiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Shuningdek, shu kuni stadionda soat 19:30 da yoshlar futbol festivali ham bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar tashrif buyuruvchilarga ertaroq kelishni tavsiya qilmoqda. Kirish mutlaqo bepul.