"Kipr"da mart oyi boshida Britaniya harbiy bazasiga qilingan dron hujumidan keyin vaziyat barqarorlashgan. Bu haqda mamlakat energetika vaziri Mixalis Damianos davlat televideniyasi efirida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Evropa Ittifoqi davlatlari vazirlarining barcha rejalashtirilgan uchrashuvlari orolda odatiy tartibda o‘tkaziladi.
Hozirda "Evropa Ittifoqi Kengashi"ga raislik qilayotgan Kipr hujumdan keyin ayrim tadbirlarni vaqtincha onlayn formatga o‘tkazgan yoki keyinga qoldirgan edi. Endi esa hukumat vakillari xavf yo‘qligini va xalqaro uchrashuvlar rejaga muvofiq o‘tkazilishini bildirmoqda.
Kipr hukumati ma’lumotiga ko‘ra, dron ehtimol Shahed droni turiga mansub bo‘lgan va Livan tomonidan uchirilgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, u Hizbulloh guruhi bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoli aytilmoqda.
Kipr NATO a’zosi emas. Shu bilan birga, orol haligacha bo‘lingan holatda qolmoqda: uning shimoliy qismi Turkiya nazoratida bo‘lib, Turkiya esa NATO a’zosi hisoblanadi.