Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Kiyevda qozoq muxolifatchisi otib tashlandi

Kiyevda qozoq muxolifatchisi otib tashlandi

Kiyevdagi uyi yonida qozog‘istonlik muxolifatchi Aydos Sodiqovning hayotiga suiqasd uyushtirildi. Ukraina Bosh prokuraturasining xabar berishicha, Sodiqov og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum shaxs to‘pponcha bilan jabrlanuvchi va uning rafiqasi bo‘lgan mashinaga yugurib kelib, erkakka qarata o‘q uzgan va keyin qochib ketgan», — deyiladi boshqarma xabarida.

Aydos va Natalya Sodiqovlar 2014 yildan beri Kiyevda yashaydilar, ikkalasi ham qochqin maqomiga ega. Ular Qozog‘istonda jinoiy javobgarlikka tortilgan. Sodiqovga ko‘ra, ularga nisbatan siyosiy sabablarga ko‘ra ish ochilgan.

Kiritildi: 07:29 19.06.2024. O'qildi: 1949 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!