Ukraina Qurolli kuchlari foydalanayotgan Starlink sun’iy yo‘ldosh internet tizimidagi cheklovlar hanuz bekor qilinmagan.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning maslahatchisi Dmitriy Litvin ma’lum qildi. Uning bildirishicha, Starlink tizimi harbiylar uchun hamon muayyan cheklovlar bilan ishlamoqda.
Associated Press (AP) agentligi ham yuqori martabali yevropalik amaldorga tayanib, Ukrainada Starlink internet tezligi hali to‘liq tiklanmaganini xabar qildi.
Nashrning qayd etishicha, Kiyev rasmiylari tizim tezligini cheklashga kim buyruq bergani va bunday qaror nima sababdan qabul qilingani haqida hozirgacha aniq rasmiy tushuntirish olmagan.
"Kiyev tezlikni cheklash haqidagi buyruqni kim va nima uchun bergani borasida hali ham aniq rasmiy izoh olgani yo‘q", — deyiladi agentlik xabarida.