Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kiyev Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishga rozi bo‘lishi mumkin

Kiyev Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishga rozi bo‘lishi mumkin

Bu haqida Politico xabar berdi.

"G‘arb davlatlari tomonidan Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalar otashkesim kelishuvi doirasida bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Ukraina prezidentining sanksiya siyosati bo‘yicha vakolatli vakili Vladislav Vlasyuk ma’lum qildi, deb yozadi nashr.

Vlasyukning ta’kidlashicha, vaqt o‘tishi bilan davlatlar Moskva bilan hamkorlikka qaytishlari muqarrar, lekin bu jarayon to‘g‘ri shartlar asosida amalga oshishi kerak.

"Hozirgi paytda biz avval Rossiya tinchlik yo‘lida jiddiy qadamlar tashlashiga ishonch hosil qilishni istaymiz. Ana shundan keyingina sanksiyalarni bekor qilish haqida gapirish mumkin bo‘ladi", – deya ukrainalik rasmiyning so‘zlarini keltiradi Politico.

Kiritildi: 22:35 17.03.2025. O'qildi: 420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!