Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kiyev Rossiyadan deportasiya qilingan 90 ga yaqin fuqarosini qabul qilishdan bosh tortdi

Kiyev Rossiyadan deportasiya qilingan 90 ga yaqin fuqarosini qabul qilishdan bosh tortdi

Bu haqda TASS agentligiga Rossiyaning Xarkov viloyati ma’muriyatining inson va bola huquqlari bo‘yicha vakili Viktoriya Kolesnik-Lavinskaya ma’lum qildi.

Uning aytishicha, hozirda ukrainaliklar Gruziya chegarasidagi "Yuqori Lars" nazorat-o‘tkazish punkti yaqinidagi neytral hududda joylashtirilgan.

Ukraina hukumati ularni qabul qilishga kafolat berishdan bosh tortgan.

Kolesnik-Lavinskayaning so‘zlariga ko‘ra, "Yuqori Lars"dagi bu fuqarolarni Kiyev vakillari olib ketishi lozim edi.

"Agar Ukraina ularni olib ketmasa, Gruziya ham qabul qilishni istamayapti. Ukraina esa ularni o‘z fuqarolari sifatida yuridik jihatdan rasmiylashtirmayapti, qabul qilmayapti," - deya ta’kidladi u.

Ombudsman Ukraina hukumati amalda o‘z vatandoshlarini taqdirning o‘z holiga tashlab qo‘yganini ta’kidlagan

Kiritildi: 23:55 02.08.2025. O'qildi: 1469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!