Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Keyn Ronaldu va Xolandning rekordini yangiladi

Keyn Ronaldu va Xolandning rekordini yangiladi

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn yana bir to‘purarlik rekordini yangiladi.

32 yoshli futbolchi myunxenliklar safidagi 104-o‘yinida 100-golini urdi. Yevropaning beshta yetakchi chempionatining hech bir futbolchisi 21-asr boshidan beri yangi klubida bunday tezkor ravishda bunday natijaga erisha olmagan, deb yozadi Bayern & Germany. Bugungi kunga qadar rekord Krishtianu Ronaldu va Erling Xolandnga tegishli edi - ular Madridning "Real" va "Manchester Siti" klublari safida mos ravishda 105 o‘yinda 100 ta gol urgan.

Joriy mavsumda Xarri Keyn barcha musobaqalarda 8 ta o‘yinda 15 ta gol urdi. Angliyalik hujumchi o‘nta gol bilan Bundesliga to‘purarlar poygasida yaqqol peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 11:40 27.09.2025. O'qildi: 821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!