Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kerchdagi portlashda halok bo‘lganlarning oilalariga 1 million rubldan berish va’da qilinmoqda

A A A
Kerchdagi portlashda halok bo‘lganlarning oilalariga 1 million rubldan berish va’da qilinmoqda

Rossiya Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi Kerchdagi texnikumda yuz bergan portlashda halok bo‘lganlarning oilalariga bir million rubldan to‘lab beradi, jabrlanganlar esa jamg‘arma hisobidan reabilitasiyadan o‘tadi. Bu haqda jamg‘armaning hududiy bo‘limi boshqaruvchisining o‘rinbosari Sergey Bugayevga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

Bugayevning so‘zlariga ko‘ra, texnikum xodimining halok bo‘lgani qayd etilsa, uning oilasiga bir million rubl to‘lanadi. Ayni paytda jamg‘armaning hududiy bo‘limi xodimlari jabrlanganlar sonini aniqlamoqda.

Jamg‘arma bo‘limi direktori va xodimlari kasalxonalarda ishlamoqda va necha kishi jabrlanganini aniqlamoqda. Jabrlanganlarning reabilitasiya xarajatlari ham jamg‘arma tomonidan to‘lanadi.

Avvalroq Kerch shahridagi texnikumda yuz bergan portlashda halok bo‘lganlar soni 19 kishiga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 07:21 18.10.2018. O'qildi: 1356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!