Keniyalik yengil atletikachi Beatris Chebet 5000 metr masofaga yugurishda jahon rekordini o‘rnatdi.
Sportchi Amerikaning Yudjin shahrida (Oregon shtati, AQSh) Olmos ligasi bosqichida 13 daqiqa 58,06 soniya natija ko‘rsatib, rekord o‘rnatdi. Avvalgi rekord efiopiyalik Gudaf Tsegay tomonidan 2023 yil sentyabrida o‘rnatilgan edi.
Chebet 25 yoshda, u 2024 yilda Parijda 5000 m masofaga yugurish bo‘yicha Olimpiada chempioni. Jahon chempionatlarida u kumush (2022) va bronza (2023) medallarini qo‘lga kiritdi.